Unutib qoldirilgan narsalar
Assalomu alaykum! Biz bozorda savdo qilamiz. Odamlar olgan narsalarini unutib qoldirib ketish holati ko‘p bo‘ladi. Shunaqa hollarda biz bir-birimizga buni birov unutibdi deb aytib olib qo‘yamiz va egasi kelsa beramiz. Lekin keyingi vaqtlarda “sizlardan falon narsa olganman qolib ketibdi” deb ko‘p kelishyapti. Biz uni eslay olmaymiz. Ko‘pincha berib yuboramiz, lekin ba’zida juda qimmat narsa bo‘ladi. U aldayotgan yoki boshqa joyda unutgan bo‘lishi mumkinku. Biz ham kuyishni xohlamaymiz, lekin birovni haqqidan qo‘rqamiz. Shunaqa vaziyatda nima qilishimiz kerak? Javob uchun oldindan rahmat !
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Haqdor da’vo qilib keladigan bo‘lsa albatta hujjat-isbot so‘rash kerak. Agar chek yoki narx-navosini savdolashish kabi alomatlarini aytib eslatsa berishingiz kerak. Agar isbotlay olmasa bermaslikka shar’an haqqingiz bor. Sizlar ham shu kabi muammolarni oldini olishning barcha choralarini ko‘rib qo‘yinglar. Hozirgi kunda kassa cheki, kuzatuv kamerasi kabi ishlarni yo‘lga qo‘yinglar. Mijozlarning qolib ketgan narsalarini alohida joyga qo‘yib to‘plab kutinglar. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar