Imomlikga o‘tish

Assalomu alaykum! Bir inson Qur’on tilovati chiroyli bo‘lsa. Lekin Bomdod namozini kechiktirib quyosh tikga kelgunicha o‘qib olgan bo‘lsa. O‘sha odam jamoatga imom bo‘lib namoz o‘kishi mumkinmi? Agar shu jamoat ichida shu insonday qiroati yaxshi odam bo‘lmasa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Imomlikka haqlirog‘i sunnatni biluvchiroq kishidir. Agar barchalari bu borada teng bo‘lsalar, qorirog‘i haqli bo‘ladi. Agar bunda ham barobar bo‘lsalar, taqvodorrog‘i, bunda ham teng bo‘lsalar, yoshi kattarog‘i imomlikka o‘tishi kerak. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar