Singlimning nikohi

Assalomu alaykum! Singlimning eri chet davlatiga ketib qolgandi. Telefon orqali gaplashishganda "bir oy ichida qaytmasam sen boshi ochiq ayolsan" degan ekan. Oradan yillar o‘tib qaytib keldi. Endi ular qaytadan nikox o‘qitishlari kerakmi? Oraga taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushgan. Er-xotin bo‘lishsa, oraga avval uch taloq tushmagan bo‘lsa qayta nikoh o‘qish shart. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar