Ota-ona xarkterini o‘zgartirish

Assalomu alaykum! Ota-onam namoz o‘qishmaydi dindan ilmi yo‘q insonlar. Xaromdan topish, birovni xaqqidan qattiq qo‘rqishadiyu lekin baribir shirk amallar ko‘p uyimizda. Ular yaxshi insonlar faqat ularni tashqi muxit shunday qilib qo‘ygan. Onamni otalari juda mukammal bo‘lmasa xam islomga rioya qilgan. O‘sha paytlar ularni ko‘pchilik qoloq dep mensimagan, tushunchasiz insonlar kulishgan. Xali xozirgacha dadam taraf qarindoshlar rahmatli buvam va tog‘alarimni haromdan tiyilgani uchun o‘zlaricha xaqoratlab past nazarda qarashadi. Bolaligidan beri onamda shu islomga nisbatan psixologik travma mavjudligi sabab meni bunday yashamasligimni aytib mening amallarimga xam qarshi. Esimni taniganimdan beri yashayotgan muxitim va oilamizdagi sayoz tushunchalarga norozi bo‘lip o‘zimni aytganinimni qilib doim ota onam bilan kelisholmay qolaverganim sabab menga ishonishmaydi. Uni ustiga islomni o‘yinchoq qilib o‘zini mo‘lla dep harom ishlar qilib yurgan kishilarni aytip "sen xam shundaysan. Shu yoshingacha doim bizga qarshisan faqat o‘zing bilganingni qilasan senga ishonmayman" deb qattiq yig‘lab yuragimni og‘ritishadi. Yaxshi gap ta’sir qilmayabdi umuman. "Avvalo meni rozi qil senga yomonlik tilamaymiz" deydi onam. Qattiq qo‘rqaman ularni gunoxlaridan. Ularni tezroq hidoyat topishini, uyimni islomiy muxit qilishni xoxlayman va farz namozlarimda xam taxajjudda xam doim duodaman. Ota onamni hidoyat topishi uchun qanday duolarni aytay? Hidoyatga sabab Qur’oniy duolar bormi? Ular xam iymon lazzatini totishsin Allohni tanishsin...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularning o‘zida ham biroz intilish bo‘lishi kerakda. Bo‘lmasam payg‘ambar alayhissalomdek zot Abu Tolib haqida duo qildilar ijobat bo‘lmadiku. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 169 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar