Marhumlarni yo‘qlashda mo‘’tadil me’yor
Assalomu alaykum! Volidam bu hayotn tark etdilar. Men 5 vaqt namoz o‘qiyman. Marhumni xotiralab payshanbaligi, 7, 40 va yili shunga o‘xshagan tadbirlar makrux bid’at amallar deb eshitganman. Uydagilarga, xola va amakilarga o‘tkazmaymiz desam, o‘zi bitta onang bor edi shuni xam marosimlarini o‘tkazmaysanmi, kelganlarga taom bersang uni xaqqiga duo qilishadi, savobi boradi deyishdi va mendan arazlab xozirda qarindoshlik rishtalariga sovuqchilik tushdi. Yana mana qara 7 va 40 ni o‘tkazganimizda masjiddan mullalar kelib Qur’on tilovat qilib o‘trishdi, mahalla raislari kelishdi va x.z. lar nimaga kelishdi mumkin bo‘lmasa degan savolni xam menga berishdi. Bu masalalariga aniqlik kiritib berishda amaliy yordam bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular hammasi bid’atlar, ularni qilishdan savob bo‘lmaydi. Tushining, iqtisodda sanoqli ishlardan qaytarilgan. Undan qolgani hammasi joiz. Ibodatlarda esa, ya’ni savob bo‘ladi degan amallarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilgandek qilish savob, undan tashqarisi hammasi bid’at va gumrohlikdir. Shariatimizda ehson qilish bor, marhumlar haqiga duo qilish bor, ammo faloncha odamga faloncha kunga falon taomlar bilan degan narsa yo‘q. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom