Bola uchun pul va yaxshilikni tarqatish
Assalomu alaykum! Meni 9 yoshli o‘g‘lim bor. O‘g‘lim dunyoga kelmay kuyovim bilan 6 oy oldin ayrim sabablarga ko‘ra ajrashganmiz. Aliment olmaymiz, bolasi uchun otasidan pul olsam bo‘ladimi? Bunga o‘z otam qarshi bo‘lsa qanday yul tutsam bo‘ladi? 2). Internetdan muallim soni android programma ko‘chirib olib do‘stlarga xam shu programmani yuklab olishni tavsiya qilsa, o‘sha inson uchun savobi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bola otaniki, eb ichish va boshqa hamma xarajatlari uning zimmasiga bo‘ladi.
2). Dalolat qiluvchi o‘sha amalni qiluvchi bilan bir xil savobga ega bo‘ladi. عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الْبَدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَجُلًا أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَسْتَحْمِلُهُ فَقَالَ: إِنَّهُ قَدْ أُبْدِعَ بِي، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: اِئْتِ فُلَانًا. فَأَتَاهُ فَحَمَلَهُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ دَلَّ عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Mas’ud al-Badriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib, (ulovsiz qolganini aytib), ulov so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falonchining oldiga bor», dedilar.
Bas, uning oldiga bordi va u ulov berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga qiluvchining ajri mislicha (ajr) beriladi», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu erda yaxshilikka dalolat qiluvchi – Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, yaxshilikni qiluvchi – ulov bergan odam. Ulov bergan odam qanchalik ajrga ega bo‘lsa, uni ushbu yaxshilikka dalolat qilgan zot – Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ham shuncha ajr beriladi.
Ehtimol, bizda yaxshilikka dalolat qilish yaxshi ish, degan tushuncha bordir. Ammo ushbu hadisi sharifda bayon qilingan ruh yo‘q. Agar bu hadisdagi ruhdan bir oz bo‘lganida edi, ichimizda yaxshilikka dalolat qilmaydigan odam qolmas edi.
Islomning yaxshilik tarafdori ekanligini qarang. Niyat bobida yaxshilikni niyat qilgan odamga uni qilmasidan oldin savob yozilishi aytilgan edi. Bu erda yaxshilikni niyat qilmasa ham, boshqa kishini yaxshilikka dalolat qilganligi uchun xuddi o‘sha yaxshilikni qiluvchi kabi savob olishi aytilmoqda.
Bu esa siz bilan bizning doimo yaxshilikka da’vat qiluvchilardan bo‘lishimizni taqozo qiladi. Qarang, dinsiz, diyonatsiz, iymonsiz odamga kalimai shahodatni o‘rgatib, uni iymonga dalolat qilgan odam qanchalar savobga ega bo‘ladi?! Bir odam mo‘min-musulmon bo‘lib, qancha savob topsa, u ham o‘shancha savobga ega bo‘ladi! Betavfiq bo‘lib, namoz o‘qimay yurgan odamni namozga dalolat qilgan odam o‘sha namozga kirgan odam umr bo‘yi namoz o‘qib, qancha savob olsa, shuncha savobga ega bo‘lar ekan. Boshqa ibodat va yaxshilik ishlarga dalolat qilishni ham shunga qiyos qilaverish mumkin.
Shuning uchun ilm o‘rganish, o‘zidagi ilmni boshqalarga o‘rgatish o‘ta savobli ish hisoblanadi. Bu xayrli ish orqali hech kim erisha olmaydigan ulkan savoblarga erishish mumkin.
Imom Bayhaqiy va Abu Ya’lolar Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlarga saxiylar saxiysining xabarini beraymi? Saxiylarning saxiysi Allohdir. Men odam bolasining eng saxiysiman. Mendan keyin sizdan eng saxiyingiz, ilm o‘rganib, ilmini tarqatgan odamdir. U qiyomat kuni yolg‘iz o‘zi bir ummat bo‘lgan holida tiriltiriladi. Va jonini Allohning yo‘lida saxiylik bilan tutgan kishidir», deganlar.
Bu hadisda ulamolar saxiylikda Allohning yo‘lida jonini ham qizg‘anmagan shahidlardan ko‘ra saxiyroq qilib vasf etilmoqdalar.
Imom Ibn Moja Abu Zarr al-G‘iforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Ey Abu Zarr! Ertalab turib, Allohning Kitobidan bir oyat o‘rganmog‘ing sen uchun yuz rakat (nafl) namoz o‘qiganingdan yaxshiroqdir. Ertalab turib, amal qilinganu qilinmagan ilmdan bir bob o‘qimog‘ing sen uchun ming rakat (nafl) namoz o‘qiganingdan yaxshiroqdir», deganlar.
Shunchalik targ‘ibotdan keyin ham ilmga qiziqmaydigan odam qolishi mumkinmi?! ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar