Qabr xaqida

Assalomu alaykum! Vaqti kelib xammamiz xam o‘tamiz dunyodan. Agar taqdir taqozosi bilan boshqa davlatni (rossiya) fuqoroligini olib, kuni kelib shu erda vafot etsam. Farzandlarim jigarlarim o‘zbekistanga bo‘lsa, qabrni ziyorat qiladigon inson bo‘lmasa bu inson oxirati uchun muximmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muhim emas. Chunki er ostida geografiyaning hech qanday ahamiyati yo‘q. U joy jannat bog‘chalaridan bir bog‘cha, yoki do‘zax chuqurlaridan bir chuqur bo‘ladi. Asosiysi ortda qolganlar haqqiga duo qilishlari. Uyda ko‘pchilik ziyorat yoki o‘zlari o‘ylab olgan ba’zi bir ishlarni deb o‘likni janoza o‘qilmaydigan darajaga olib kelib qo‘yishmoqda. Yoki rosa sarson-sargardon qilishmoqda va bu borada ochiqchasiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “O‘likni tezroq dafn qilinglar” degan hadislariga zid ish tutishmoqda. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 01:44 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar