Oramizga taloq tushdimi?

Assalomu alaykum! O‘zbek tilidagi Qur’onda erkak kishi xotinini 2 bor taloq qilishi mumkin, 3-marta taloq qilsa xotini boshqaga tegib chiqmaguncha 1-eriga halol bo‘lmaydi deb o‘qigandim. Bir yilcha avval xotinim bilan qattiq tortishib qoldik. Jahl ustida toki insofga kelib aytganimni ailadigan bo‘lguningcha otangni uyida yashab turasan dedim. U ham jahl ustida unda talog‘imni bering dedi. Men seni bir taloq qildim dedim. Aytayotganimda xotinimdan ajralish, birga yashamaslik niyati aslo yo‘q edi. Faqat uni ogohlantirish, va shunday davom etsa oxiri ajralib ketishimizni tushinishi uchun shunday degan edim. Oradan bir hafta o‘tgach xotinimnig akalari xotinimni uyimga qaytarib olib kelishdi va ayblarini xotinimga tushintirishdi. Xotinim bu yog‘iga aytganingizni qilaman deb vada berdi va uni olib qoldim. O‘shandan beri birga yahshi yashaymiz. Bu orada 2-farzandimiz ham tug‘ildi. Yaqinda agar taloq degan so‘z og‘izdan chiqsa qayta nikoh o‘qitish kerak degan gapni eshitdim. Bizning oramizda nikoh bormi yoki taloq tushganmi? Agar taloq tushgan bo‘lsa gunohkor bo‘ldimmi? Farzandimiz nima bo‘ladi? Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlarga bir taloq tushgan. Taloq ham ikki qismga bo‘linadi. Biri raj’iy ikkinchisi boin. Shunisini biror ahli ilmning huzuriga borib aniqlatib olsangiz bo‘ldi. Chunki odatda seni taloq qildim degan gap bilan odam to‘xtamaydi. Gohida raj’iy taloqlar ham boinga aylanib qoladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar