Mayitni ko‘mishga shoshilish
Assalomu alaykum! Vafot etgan mayitni nima uchun tezlatib ko‘mish kerak? Mayit nimadan, qanday ozor chekadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda tezroq dafn qilish aytilgan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَسْرِعُوا بِالْجِنَازَةِ فَإِنْ تَكُ صَالِحَةً فَخَيْرٌ تُقَدِّمُونَهَا إِلَيْهِ وَإِنْ تَكُ غَيْرَ ذَلِكَ فَشَرٌّ تَضَعُونَهُ عَنْ رِقَابِكُمْ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Janozani tezlatinglar. Agar ahli solih bo‘lsa, yaxshi. Uni (yaxshilikka) taqdim qilasizlar. Agar undan boshqacha bo‘lsa, yomon. Uni elkangizdan (tezroq) qo‘yasiz», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Bu hadisi sharifdan janoza ko‘tarilganda nima uchun tez yurilishining hikmati kelib chiqadi. Bu ishda faqat yaxshilik ko‘zda tutilgan. Agar mayyit ahli solih, taqvodor, yaxshi odam bo‘lsa, unga o‘limi paytida u dunyodagi joyi va bo‘ladigan ne’matlar, izzat-ikrom ko‘rsatilgan bo‘ladi. Mayyit o‘sha o‘zi uchun tayyorlangan yaxshiliklarga tezroq etishishga intiq bo‘lib, oshiqib turadi. Shuning uchun uni tezroq olib borib, joyi¬ga qo‘yish kerak.
Agar, Xudo ko‘rsatmasin, mayyit yomon odam bo‘lsa, uning kasofati hammaga uradi. Uning kasofatidan qutulish uchun uni tezroq olib borib, ko‘mish kerak bo‘ladi. عَنْ عُيَيْنَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ كَانَ فِي جَنَازَةِ عُثْمَانَ بْنِ أَبِي الْعَاصِ وَكُنَّا نَمْشِي مَشْيًا خَفِيفًا، فَلَحِقَنَا أَبُو بَكْرَةَ، فَرَفَعَ سَوْتَهُ، فَقَالَ: لَقَدْ رَأَيْتُنَا وَنَحْنُ مَعَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَرْمُلُ رَمَلًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Uyayna ibn Abdurrahmon roziyallohu anhudan, u otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«U (otasi) Usmon ibn Abul Ossning janozasida bo‘lgan:
«Sekin yurib borar edik. Orqamizdan Abu Bakra etib keldi va ovozini ko‘tarib:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bo‘lganimizda tezlab – shitob bilan yurar edik!» dedi».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Avvalo roviy Uyayna ibn Abdurrahmon roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik.
Uyayna ibn Abdurrahmon ibn Juvshan G‘atafoniy al-Basrqiy, kunyalari Abu Molik.
Hadislarni otalaridan va Ibn Abu Rubuy’a ibn Juvshan, Ibn Umarning qullari Nofe’, Ayyub ibn Muso, Ali ibn Zayd ibn Jud’onlardan rivoyat qildilar.
Bu kishidan Ibn Muborak, Iso ibn Yunus, Xolid ibn Horis, Abu Ubayda, Abu Osim, Abu Abdurrahmon Munqariylar rivoyat qildilar.
Ushbu rivoyatdan janozani ko‘tarib, sekin, imillab yurib bo‘lmasligi kelib chiqadi. Bunday qilish boshqa millatlarning odatidir.
Mayyit yuvilib, kafanlanganidan keyin chal¬qanchasiga tobutga qo‘yiladi. Tobutni to‘rt tarafidan to‘rt kishi ko‘tarishi sunnatdir. Tobutni ko‘tarmoqchi bo‘lgan shaxs avval uning oldingi chap dastasidan o‘ng elkasi bilan ko‘taradi. O‘n qadam yurganidan keyin boshqaga berib, orqa dastaga o‘tadi. Uni ham o‘ng elkasiga olib, o‘n qadam yuradi. Keyin boshqa odamga beradi. So‘ng tobutning o‘ng tomoni old dastasidan chap elkasi bilan ko‘taradi va o‘n qadam yurib o‘zgaga joy bo‘shatadi. Ke¬yin o‘sha tarafning ort dastasiga o‘tib, uni ham o‘n qadamgacha ko‘tarib boradi.
Ushbu hukmni bilgan odamlar bilmaganlarga o‘rgatib turishlari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 01:44 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar