Ilm aslida nima?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men “islom dinida ilm o‘rganishga da’vat qilingan” degan so‘zlarga ko‘p duch kelaman, lekin aynan qanday ilmligini bilmayman. Faqat diniy bilimlarmi yoki dunyoviy bilimlar ham kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Diniy ilmdan farzi ayn bo‘lganichasi, dunyoviy ilmdan tirikchilikka kerak bo‘lgan miqdorchasi. Farzi ayn bo‘lgan miqdor mo‘min kishi nimalarga iymon keltirish kerakligini, qanday so‘z va qanday ishlarni qilsa islomdan chiqib qolishini, besh vaqt namozni to‘liq o‘qishni, ro‘za tutishni, moli bo‘lsa zakot berishni va qodir bo‘lsa haj qilishni bilishidir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 158 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar