Qovoq uchish

Assalomu alaykum! Bunga ishonishni xam ishonmaslikni xam nega bunday bo‘lishini bilmay qoldim. O‘ng ko‘zim ya’ni qovog‘im o‘ng yuzim uchsa negadir faqat yomon xabar eshitib xafachilik bo‘ladi. Chap tarafi uchsa xursandchilik bo‘ladi. Qovog‘im uchishni boshlasa xavotirga tushaman. Bu nima degani? Bunga ishonishim noto‘g‘ri emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz badgumon bo‘lib qolibsiz. Maa shaa Allohu kaana vamaa lam yasha’ lam yakun deb duo qiling. Xalqimizda “qulga balo yo‘q, o‘ziga-o‘zi so‘rab oladi” degan maqol bor. Aslida bu haqiqat, inson har qanday holatda ham Allohdan yaxshilikni umid qilsa Alloh umidini zoe qilmaydi. Yoqub alayhissalom Yusus alayhissalomni akalari bilan qo‘y boqqani jo‘natmadilar. Sababiga: “Uni bo‘ri eb ketishi mumkin” dedilar. Ruxsat bergan kunlari akalari tayyor o‘sha gapni bahona qilib ukasini quduqqa tashlab yuborib “bo‘ri eb ketdi” deb bahona qilishdi. Yusuf alayhissalom “Zulayhoga yaqinlik qilgandan ko‘ra menga zindon yaxshi” degandilar, ba’zi rivoyatda 7 yil ba’zi rivoyatlarda 9 yil zindonda qolib ketdilar. Mufassirlar ushbu voqe’alarni zikr qilib “Inson hamisha Allohning haqqida yaxshi gumonda bo‘lishi kerak va har qanday holatdan ham yaxshi tarafini umid qilishni o‘rganish kerak” deganlar.  “Qulga balo yo‘q, o‘ziga-o‘zi so‘rab oladi” degani shu bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:17 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar