Bir piyola suv ichib olish

Assalomu alaykum! Uxlab qolib saharlik vaqtidan 1 soat o‘tgandan so‘ng 1 piyolacha suv bilan ro‘zamni yopdim. Bunday holda ro‘za qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida saharlik vaqtini tugashiga etkazmasdan yopish kerak. Biror minut o‘tgandan keyin ham eb-ichilsa, o‘sha kungi ro‘zani qazosini tutishi farz bo‘ladi. Siz ham qazosini tutib berasiz. Niyatga kelsak, kechqurun «ertaga ro‘za tutaman» degan niyati kifoya qiladi. Buni ham niyat qilmagan bo‘lsa kunning yarmigacha, ya’ni peshin vaqti kirgunicha ro‘zani niyat qilib olsa, niyati durust bo‘ladi. Bir necha bor ta’kidlab o‘tganimizdek, saharlik vaqtini chiqarib yuborgan kishi biror narsa eb-ichmasdan niyatni qilishi shart. «Bir xo‘plam suv ichib bo‘lsada» degan gap noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar