Pandemiya xolati to‘g‘risida xadis bormi

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar. Bilamizki kasddan xadis xususida yolgon tukish ogir gunox. Ijtimoiy tarmoklarda bir video rolik kurib koldim. Unda xozirgi pandemiya xolati xususida gap boradi: "Xazrati Ali roziyalloxu anxu shunday dedilar: " Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam bir kuni shu suzlarni aytdilar. 13ta amal bor ummatim shu amallarni kilishni boshlaganda ularni boshiga buyuk balo kelishi vojib buladi. Paygambarimiz birma bir sanab chikdilar 1 Ganimat -ya’ni pul fakirlarga etib bormastan fakat boylarni kulida yurganda. 2 Omonat ganimatdan kurinib unga xiyyonat kilinganda 3 Zakot ibodatday kurinmay, pulim kam bulib koladi deb berilmaganda 4 Erkak isrof va xarom ishlarda xotiniga itoat kilganda 5 Onaga karshi itoatsizlik kilinganda 6 Dustlarga yaxshilik kilinib otaga duk pupisa kilinganda 7 Masjidlarda ovozlar baland bulib janjallar bulganda 8 Xaromdan tortinmaydigan boshliklar kupayganda 9 Odamni yomonligidan kurkib xurmat kilinganda 10 Xamr turli xil nomlar bilan kupayib ichilganda 11 Erkaklar ipak kuylak kiyganda 12 Kushikchi ayollar kupayib zinoga moyil kiluvchi musika asboblari kupayganda 13 Oldingi utgan solix insonlarni masxara kilib ularga la’nat ukilganda. Shu 13 amal kilinganda Allox insoniyatga balo yuboradi, va toza xavoni zaxarlab turli xil kassallar paydo buladi. Shu 13 amalni kilinganini kurganingizdan sung Alloxni balosini kuting. Sung kiyyomat alomatlari ketma ket kelishni boshlaydi." Boshida eshitib kurkib kettim. Kegin shubxali, kurindi. Shu mazmunda xadis bormi? Tulik matni bilan keltirsangiz. Imkon bulsa telegramm kanalingizga chikaring iltimos. Boshkalar xam tugri ma’lumotga ega bulsinlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni siz aytgandek hadisni bilmaymiz. Ammo quyidagidek hadis bor ekan. عن علي  رضي الله عنه  ما نصه: حدثنا صالح بن عبد الله الترمذي، حدثنا الفرج بن فضالة أبو فضالة الشامي، عن يحيى بن سعيد، عن محمد بن عمر بن علي، عن علي بن أبي طالب - رضي الله عنه - قال: قال رسول الله  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  إذا فعلت أمتي خمس عشرة خصلة حل بها البلاء"، فقيل: وما هن يا رسول الله؟ قال: "إذا كان المَغْنَمُ دُولًا، والأمانة مغنمًا، والزكاة مغرمًا، وأطاع الرجلُ زوجته، وعقَّ أمه، وبرَّ صديقه، وجفا أباه، وارتفعت الأصوات في المساجد، وكان زعيمُ القوم أرذلَهم، وأُكرم الرجل مخافة شره، وشُربت الخمور، ولُبس الحرير، واتخذت القَيْنات والمعازف، ولعن آخرُ هذه الأمة أولها، فليرتقبوا عند ذلك ريحًا حمراء، أو خسفًا، ومسخًا". قال أبو عيسى: هذا حديث غريب، لا نعرفه من حديث علي ابن أبي طالب إلا من هذا الوجه، ولا نعلم أحدًا رواه عن يحيى بن سعيد الأنصاري غير الفرج بن فضالة، والفرج بن فضالة قد تكلم فيه بعض أهل الحديث وضعفه من قبل حفظه، وقد رواه عنه وكيع وغير واحد من الأئمة. )). اهـ.  روى الترمذي في آخر جامعه، في كتاب الفتن
وهو بهذا السند ضعيف لعلتين: إحداهما: ضعف فرج المذكور؛ كما ذكر المؤلف، وقد جزم الحافظ في التقريب بضعفه، ونقل في تهذيب التهذيب ضعفه عن جماعة من الأئمة، ونقل عن البرقاني أنه سأل الدارقطني رحمه الله عن حديثه هذا، فقال: باطل. والعلة الثانية: انقطاعه، لأن محمد بن عمر بن علي رحمه الله لم يسمع من جده علي - رضي الله عنه - ولم يدرك زمانه؛ كما يعلم ذلك من تهذيب التهذيب والتقريب، والله ولي التوفيق
 Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar ummatim o‘n beshta ishni qilsa, ular baloga giriftor bo‘lishadi», dedilar. «Ular nimalar ey Allohning Rasuli?» deyishdi. U zot shunday dedilar: «O‘lja (omma qolib) xoslargagina tarqatilsa, omonat o‘ljaga aylansa, zakot (Allohning roziligi uchun emas) soliq sifatida beriladigan bo‘lsa, kishi ayoliga itoat qilib, onasiga oq bo‘lsa, do‘stiga yaxshilik qilib, otasiga jafo qilsa, masjidlarda ovozlar ko‘tarilsa, qavmga rahbar ularning eng pastkashi bo‘lsa, kishining yomonligidan qo‘rqib, unga sahovat ko‘rsatilsa, xamrlar ichilsa, harir - ipaklar kiyilsa, ko‘shiqchi cho‘rilar va cholg‘u asboblaridan foydalanilsa, ummatning oxiri avval o‘tganlarini la’natlasa ana o‘shanda vayron qiluvchi shamol yoki er yutish va masx - boshqa xilqatga o‘zgartirilishni kutaverishsin». 
Imom Termizi rivoyat qilgan.
Imom Termiziy bu hadis xususida shunday deganlar: «Bu g‘arib hadisdir. Faqat shu yo‘ldangina Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. (Roviy) Yahyo ibn Sa’id Ansoriydan Faraj ibn Fuzoladan boshqa roviy rivoyat qilmagan. Ayrim ahli hadislar Faraj ibn Fuzolani hifzi (xotirasi) zayif, deganlar. Undan Vaki’ va bir qancha imomlar rivoyat qilishgan». Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 169 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar