Sirli tashkilotlar fitnalari

Assalomu alaykum! Masonlar, sionistlar va boshqa sirli tashkilotlar xozirda dunëga egalik qilib dunëni nazorati ostida saqlaëtganliklari to‘g‘risida ayrim o‘zbek blogerlarimiz tomonidan internet saxifalariga video yuklab muxokamaga ko‘yib musulmon birodarlarimizning iymonini taxlika ostiga qo‘yishyabdi. O‘zim xam biroz qiziqib iymonim xavf ostida qolgani uchun chuqurroq kirmadim bu mavzuga. Iltimos shular xaqida musulmon birodarlarimizga maslaxat bersangiz. Chunki ayrim o‘zini musulmonman degan insonlar xam bu fitnalardan Allohning kudaratidan shubxa qilib qolishmoqda. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi tagi yo‘q vohima va asosssiz gaplar bilan musulmonlarni zaif ko‘rsatmaslik kerak. Hamma narsa Allohning plani bilan bo‘ladi. Biz Alloh bilan aloqalarimizni mahkam qilsak bo‘ldi. Bizni qiladigan ishimiz tayin, o‘sha ishni qilsak Allohni rahmati, mag‘firati va nusrati hamisha biz bilan bo‘laveradi. U ishni biz yangi qilayotgan joyimiz ham yo‘q. Bizdan oldingilar o‘sha ishni qilganlar. U ish Allohga qaytishimiz. Alloh taolo "Zariyat" surasida marhamat qiladi:  فَفِرُّوا إِلَى اللَّهِ إِنِّي لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ۝ 50. «Bas, Allohga qoching. Albatta, men sizlarga Uning tarafidan ochiq-oydin ogohlantiruvchiman. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar