Qarz va zakot

Assalomu alaykum! Bir insonning 18.000$ qarzi bor. Qarz bergan inson qarzni 8yil oldin bergan, lekin shu yillarga zakot berilmagan. Pul olishda esa qo‘lidan kelgancha oyiga 100$dan berishni boshlaganiga 1yilcha bo‘ldi. Shu yillarga zakot berish qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 8 yilning birinchisiga 18.000ni qirqdan birini, undan qolganidan keyingi yilga yana qirqdan birini. Keyingi yilga undan qolganidan yana qirqdan birini, shunday qilib 8 yilnikini berib chiqadi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 04:17 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar