Maosh
Assalomu alaykum! Men bir ishxonaga ishga topshirdim. Soham bo‘yicha savol-javob qilishlaridan oldin qancha oylik so‘rashimni mendan so‘rashdi. Men 500$+ deb javob berdim (to‘liq stavka deb o‘ylab shuncha so‘ragandim). Keyin meni savol-javob uchun chaqirishdi va savol-javob qilishdi. Savol javob yaxshi o‘tdi darajam men o‘ylaganimdan baland chiqdi. Ular menga suhbat yaxshi o‘tganini, qabul qilishga rozi ekanliklarini bildirishdi faqat talaba bo‘lganim uchun meni to‘liq stavkaga emas 0.5 stavkaga olishlarini aytishdi lekin maoshni men so‘ragan miqdorda berishga rozi ekanliklarini bildirishdi. Meni qiynayotgan narsa men savol-javobdan oldin 8 soat uchun so‘ragan oyligimni ular savol-javobdan keyin 4 soatga berishga rozi bo‘lishdi. Meni oyligimga yolg‘on aralashib qolmadimikan deb o‘ylab qoldim. Undan keyin yaxshi ishlaganim uchun oyligim oshishga ham ulgurdi. Hozir nima qilishga hayronman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish beruvchi taraf shunga rozi bo‘lgan bo‘lsa, joiz. Xavotir bo‘lmang. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish beruvchi taraf shunga rozi bo‘lgan bo‘lsa, joiz. Xavotir bo‘lmang. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar