Otam haqida

Assalomu alaykum! Biz oilada ikki o‘g‘ilmiz o‘zim andijondanman. Akam hozir toshkentda. Men esimni taniganimdan buyon, maktab paytida ham kollej paytida ham ta‘tilda va darsdan so‘ng dadam bilan qurilishda ishlaganman. Universitetda ham darsdan keyin va ta‘tilda ham ishlaganman stipendiyamni ham ular olardi. Hozir maktabda ishlayman hozir ham shu ahvol. Shu paytgacha dadamdan ishlagan pullarimni o‘zimga so‘ramaganman. Hozir maktabda zamon talabida ishlash uchun ancha muncha chiqimlar bor kompyuter olish kerek va h.k . Lekin dadam meni tushunmayapti. Pulimni so‘rasam hozirdan meniki seniki qilib ajratyabsanmi deb xafa bo‘ladi. Akam esa yoshligidan ishlagan pulini tiyinigacha olar edi. Akam toshkentda o‘qigan paytlarda unga pul jo‘natib turgan. O‘qishga kirishida ham ancha pul sarflagan. Men o‘z bilimim bilan o‘qishga kirganman. O‘tgan yili akamni uylantirdik. Akam dabdabani hush ko‘rgani uchun to‘ydan 20mln qarz bilan chiqdik. U qarzni ham dadam bilan men uzdik. Endi qazrzlar deyarli uzildi. Savolim men ishlagan pulimni dadamga bermaslikka haqqim bormi. O‘zi meni pul qiziqtirmaydi. Faqat hozirgi zamonda o‘z ustimda tinimsiz ishlamasam zamon bilan hamnafas bo‘lish juda qiyin. Ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish, hech bo‘lmasa shunday insonlarni tarbiyalash niyatidaman. Soham (fizika)ni rivoji uchun borimni berishga tayyorman. Faqat hamma narsa moddiyatga borib taqaladi. Niyatimni amalga oshirish uchun dadamga ishlagan pulimni bermaslikka haqqim bormi. Yoki shunchaki eski usulda o‘qituvchilik qilib dadamga ro‘zg‘orga yordamlashganim afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hammasini berishingiz shart emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 06:05 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar