Onam turmushga chiqmoqchilar lekin ukam qarshilik qilmoqda
Assalomu alaykum! Otam olamdan o‘tganlariga 8 yil bo‘ldi. Onamga doktorlar turmushga chiqishni aytdilar. Bitta islomiy, Xudoni tanigan odam bilan turmush qurmoqchi bo‘lgandilar, ukam qarshilik qildi. Ukam nomozxon, Xudodan qo‘rqadigan bola, lekin gapga kirishi qiyin. Yoshi 23 da. Hali uylanmagan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ukangiz namozxon bo‘lsa Allohdan qo‘rqsin. Onangizga qarshilik qilsa oq bo‘ladi. Bunday vaqtda ona ham farzandlarni sha’nini pastga uradigan va tengi bo‘lmagan insonni tanlamasligi kerak bo‘ladi. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar. Alloh taolo Isro surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan. Fuqaholarimiz ota-ona xato qilsa ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Ota-ona bilan bahslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham bahslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratini kuydirib olmasin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush