Ayol eriga o‘zini baxshida qilmasa

Assalomu alaykum! Yaqinda xolamni o‘g‘li 11 oy birga yashagan ayoliga oilaviy kelishmovchiliklar tufayli janjallashib qolib uyni ichida 3 taloq debdi. Eshikka chiqib yana oilasini yonida 3 taloqsan debdi. Kelin taraf kelinni olib ketishdi. Xolamni o‘g‘li bir o‘qimishli domlani oldiga borib 11 oydan beri ayoliga yaqinlik qilmaganini aytibdi. Ayoliga yaqinlashsa u o‘zini baxshida qilmabdi xar xil baxonalar bilan majburlasa xam bo‘lmabdi, kelin o‘zini boshqacha tutaveribdi. Domla xamma gapni eshitib bo‘lgach, ayol o‘zini eriga baxshida qilmagani uchun o‘rtaga 3 taloq tushmaganini aytibdi. Bu qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Ayol o‘zini eriga baxshida qilmagani uchun” degan gapda jinsiy yaqinlik bo‘lmagani uchun degan bo‘lsa ham, uch taloq tushadi. Bu haqida “Kifoya” kitobida shunday deyilgan: “Duxul (jinsiy aloqa) qilinmagan xotinga «sen uch taloqsan» desa, aytgani tushadi. Ulamolar jumhuri, jumladan, to‘rt mazhab fuqaholari ham: «Bir lafz bilan aytilgan «uch taloq» uch taloq hisoblanadi. Bunday holda er-xotin ajrashadi, qayta yarashish imkoniga ega bo‘lmaydilar». Vallohu a’lam!

8 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar