SFD orqali pul topish
Assalomu Aleykum. Hozirgi kunda moliya tizimida birja, aksiyalar haqida ko‘p eshitamiz. Yaqinda SFD orqali pul topish yo‘li haqida ma’lumot uchrab qoldi va shu bo‘yicha qiziqib hozirda elektron pul topish yo‘llari qanaqa ekanligi haqida biroz ma’lumot oldim. bu halolmi degan savolga ikkilanib qoldim. Shu borada SFD - sontrast for differense - bu halolmi degan savolga ikkilanib qoldim. Boshqa yo‘nalishlar (sportga pul tikish, optsionlar, forex) dan farqli ravishda SFD bu aksiyadan pul topishga yaqinroq. Bu borada saytda berilgan savolni topdim, unda aksiya sotib olib uning foizidan daromad topish halol deya javob berilgan ekan. SFD ning aksiyalardan farqi bu erda to‘g‘ridan - to‘g‘ri aksiya sotib olinmaydi, balki broker - aksiyani sotuvchi kompaniya va xaridor o‘rtasidagi yuridik kompaniya bilan shartnoma tuziladi, qisqacha aytganda SFD - bu aksiyalar o‘sishi yoki kamayishiga oldin baho berish orqali keyinchalik shu baho berish to‘g‘ri kelganligiga qarab foizda daromad olishdir. Bundagi risk aksiya sotib olishdagi riskdan katta, lekin katta kompaniyalar aksiyalar bilan ishlash uchun qulay. Agar SFD halol ish bilan shug‘ullanadigan kompaniya aksiyalari o‘zgarishiga baho berish orqali amalga oshirilsa, undan olinadigan foyda halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmadik.
7 May 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmadik.
7 May 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat