Tajvidsiz imom
Assalomu alaykum! Man madrasada o‘qiganman ilgari 8 yil bir masjidda imomlik ham qilganman arab tilini birmuncha bilaman. Hozir imom emasman (vaqtincha). Ko‘pincha masjidga namozga borsam imom xatib shom va asrga kelmaydi. O‘rniga bir yoshi katta hoji bobo o‘tadi. Man yosh bo‘lganim uchun man imom bo‘laman deyolmayman. Mani madrasa ko‘rganimni hamma biladi. Hoji bobo "anamtaaa alayhimmmm" qilib (ta)ni cho‘zib alayhimda ģunna qilib o‘qiydi, boshqa suralar ham shunga o‘hsagan. Lekin hozircha namozni buzadigan darajada qiroatdagi xatoni sezmadim. Man jamoatdan mahrum bo‘lmaslik uchun iqtido qilishga majburman. Endi savolim shuki: man hoji boboga iqtido qilgan namozlarni qayta uqiymanmi yoki yo‘qmi, agar o‘qisam shomnichi ahir shomni 2marta o‘qisam bittasi nafl bo‘ladi 3 rakatlik nafl esa bo‘lmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buziladigan darajada tajvidi buzuq bo‘lsa qayta o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 176 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buziladigan darajada tajvidi buzuq bo‘lsa qayta o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 176 | Namoz