Qosh terilishi

Assalomu alaykum! Avvallari ya’ni turmushga chiqqanimdan so‘ng qoshimni terdirib yurardim, hozir anchadan buyon terdirmayabman. Yaqinda ijtimoiy tarmoq orqali eshitib qoldim qoshni ham oldin terilgan bo‘lsa qayta o‘sib chiqadigan tuklar xarom hisoblanar ekan. Shuning uchun terdirmasa ham harom bo‘ladi diyishdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “qoshni ham oldin terilgan bulsa qayta usib chiqadigan tuklar xarom hisoblanar ekan” degan gap shaytonning gapidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Shayton inson suratida kelib gap tarqatadi. Uni eshitgan odamlar ham boshqalarga tarqatishadi. Surishtirib kelinsa shaytondan eshitgan odam “O‘zini tanimiman, lekin ko‘rsam taniyman. O‘shandan eshitgandim” deb turaveradi – degan ma’noda hadis aytganlar. Qolaversa “Nas” surasida insonlardan ham shu kabi dalilsiz, tuturiqsiz gaplarni gapiradigan inson-shaytonlar bo‘lishiga ham ishora qilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar