Silayi rahmni uzsam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Judayam qiyin ahvolda qoldik sizlardan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishlarizni umid qilib yozyapman. Pochcham olamdan o‘tganlarida apam homilador edi shu sabab idda o‘tirmasdan ishga chiqdi 3 oydan keyin apamni bir yosh yigit bilan nikohi bor ekani va u bilan yashab yurishini bilib qoldik akamlar rassiyada hammamiz bu ishini eg‘ishtirmasa orani ochiq qilishimizni aytdik u qaytgandek bo‘ldi ko‘p o‘tmadi 1yil o‘tib boshqa oilali erkek bilan nikoh o‘qitib yashayapman dedi birinchi yosh yigit qamalib qolgan ekan u bilan nikohi bo‘lmagan ekan yaqinlik qilmagan ekan uni aytishi bo‘yicha ikkinchi erkek oilali obro‘siz hotinni puliga yashab yuradigan odam uni oilaviy tanimiz bilib qolgandan keyin endi biz apam bilan orani ochmoqchimiz uni qaytarib bo‘lmayapti o‘zgarmayapti bu unga 3chi shartimiz bir otaxon boboxon bir balolarni aytib kinna solaman bir odamni ikkinchi odamga bo‘ysundirib beraman diganda ham man yana shu ishni qilsen san bilan orani ochiq qilaman digandim xozir qilmiman dip mani aldedi lekin qiladi buni sezaman manga yo‘l ko‘rsating iltimos apam.bilan silayi rahmni uzsam bo‘ladimi gunohkor bo‘lmimanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Silai rahmni uzish bu masalani echimi emas. Sizlar nasihat qilib turibsizlar ekan, sizlar ham aloqani uzsangiz nima ahvolga tushadi? Chaqirib, agar hech kim bilan nikohi bo‘lmasa munosib odam topib nikohlab qo‘yinglar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar