Qimor hisoblanmaydimi?

Assalomu alaykum! Futbol bo‘yicha har o‘quv semesterida universitetimizda musobaqa o‘tkaziladi. Har bir qatnashayotgan ishtirokchidan ma’lum miqdorda pul yig‘ib olinadi. Bu pullar esa oxirida g‘olib bo‘lgan jamoaga mukofot tarzida beriladi. Bunday qilish mumkinmi? Qimor hisoblanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu qimor hisoblanadi. Shariatimizda ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Shu qoidaga tushgan o‘yinlar, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:55 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar