Qarz berish haqida

Assalomu alaykum! Men bir tanishimga 3000 dollar qarzga pul berganman. Qarzni qaytarish mudati o‘tib ketti, lekin qarzni bera olmayapti. Tanishimning aytishicha sharoiti og‘irlashib qolibdi. Shu sababdan zakot hisobiga qarzdan kechsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kechish bilan zakot ado bo‘lmaydi. U odam birortasidan qarz olib bo‘lsa ham pulni topsin. Sizga qarzimdan deb uzsin, keyin unga zakot deb niyat qilib qaytarib bersangiz bo‘ladi. Zakot namozga o‘xshagan alohida ibodat. Unda ham o‘z shart-sharoitlari bor. O‘shalardan biri zakotni “zakot” deb niyat qilib molidan alohida ajratib keyin kimgadir mulk qilib topshirish kerak. Qarzdan kechishda bunaqa narsa topilmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:46 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar