Zakir Nayk mazxab haqida
Assalomu alaykum! Men Doktor Zakir Naykni (tanisangiz kerak albatta)o‘zbek tiliga tarjima qilingan videolaridan birini ko‘rib qoldim unda musulmonlar firqalarga yani mazxablarga bo‘linmaydi, lekin bazi birlari xanafiy, shofei, molikiy kabi mazxablarga bo‘linib olishgan. Bu esa noto‘g‘ri degan gapini eshitib qoldim. Bilamizki bizni din ulamolari (xanafiy mazxabidagilar) biz xanafiy mazxabidamiz deb ko‘p aytishgan. Shunda biz Doktor Nayk aytganidek firkalaga bo‘linib qolgan bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mazhablarga ergashish bo‘linish emas. Balki to‘rt mazhab ham ahlis sunna val jamoa hisoblanadi. Siz bu masalani yaxshi tushinib olishingiz uchun ustozimiz shayx Muhmmad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhning “Mazhablar birlik ramzi” nomli kitobni o‘qishingizni tavsiya qilamiz. Bu kabi gaplarni shu sohadagi mutaxassis ulamolardan eshtish kerak. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 178 | Aqiyda