Qoramoldan zakot
Assalomu alaykum! Mening 35 bosh sog‘in sigirlarim bor. Ulardan chiqqan foydaga o‘zimni va qaramog‘imdagi insonlarni extiyoji uchun ishlataman. Men shu hayvonlardan zakot berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoramol zakoti Qoramolda: o‘ttiztada bir yoshli erkak yoki urg‘ochi buzoq. Qirqtada ikki yoshli erkak yoki urg‘ochi buzoq. Qirqdan ziyoda bo‘lganda to oltmishtagacha hisoblanadi. So‘ngra har o‘ttiztada bir yoshli erkak buzoq. Har qirqtada ikki yoshli urg‘ochi buzoq.Ushbu jumlalardan faqat bittasi sharhga muhtoj. U ham bo‘lsa, «Qirqdan ziyoda bo‘lganda to oltmishtagacha hisoblanadi» jumlasidir.Bunda qirqtadan to oltmishtagacha ziyoda bo‘lgan qoramolning ziyodasidan hisoblab, zakot berilishi haqida so‘z bormoqda. Bitta ziyoda bo‘lsa, ikki yoshli urg‘ochi buzoq qiymatining o‘ndan birining to‘rtdan biri, ya’ni qirqdan biri beriladi. Ikkita ziyoda bo‘lsa, ikki yoshli urg‘ochi buzoq qiymatining o‘ndan birining yarmi, ya’ni yigirmadan biri beriladi va hokazo. Ulamolarimiz bu hukmlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan olganlar. Ana shunday hadislardan ikkitasini misol tariqasida keltiramiz.عَنْ مُعَاذٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: بَعَثَنِي النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى الْيَمَنِ، فَأَمَرَنِي أَنْ آخُذَ مِنْ كُلِّ ثَلَاثِينَ بَقَرَةً تَبِيعًا أَوْ تَبِيعَةً، وَمِنْ كُلِّ أَرْبَعِينَ مُسِنَّةً. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Mu’oz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam meni Yamanga yubordilar va har o‘ttizta qoramoldan bitta erkak yoki urg‘ochi bir yoshli buzoq olishimni va har qirqtadan bir dona ikki yoshli urg‘ochi buzoq olishimni amr qildilar».«Sunan» egalari rivoyat qilishgan, Hokim sahih degan. وَعَنْهُ قَالَ: أَمَرَنِي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ لَا آخُذَ مِنَ الْبَقَرِ شَيْئًا حَتَّى تَبْلُغَ ثَلَاثِينَ، فَإِذَا بَلَغَتْ ثَلَاثِينَ فَفِيهَا عِجْلٌ تَابِعٌ جَذَعٌ أَوْ جَذَعَةٌ حَتَّى تَبْلُغَ أَرْبَعِينَ، فَإِذَا بَلَغَتْ أَرْبَعِينَ فَفِيهَا بَقَرَةٌ مُسِنَّةٌ. رَوَاهُ النَّسَائِيُّ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga qoramol o‘ttiztaga etmaguncha hech narsa olmasligimni amr qildilar. Qachon o‘ttiztaga etsa, undan bir dona onasiga ergashib yurgan bir yoshli erkak yoki urg‘ochi buzoq. Bu to qirqtaga etguncha. Agar unga etsa, ikki yoshli g‘unajin».Nasoiy rivoyat qilgan.Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan qilinayotgan ushbu ikki rivoyatdan ulamolarimiz qoramol zakotiga tegishli ko‘pgina hukmlarni olishgan. «Qoramol» deganda mol va qo‘tos e’tiborga olinishini unutib qo‘ymasligimiz kerak.Demak, qoramol o‘ttiztaga etmaguncha zakot yo‘q, chunki qoramolning nisobi o‘ttizta ekan.Qoramol Zakoti jadvali
Qoramolning soni
Chiqariladigan zakot
1 tadan 29 tagacha
Zakot yo‘q.
30 tadan 39 tagacha
Bir yoshli erkak yoki urg‘ochi buzoq.
40 tadan 59 tagacha
Ikki yoshli urg‘ochi buzoq.
60 tadan 69 tagacha
2 ta erkak yoki urg‘ochi bir yoshli buzoq.
70 tadan 79 tagacha
1 ta ikki yoshli urg‘ochi va 1 ta bir yoshli erkak buzoq.
80 tadan 89 tagacha
2 ta ikki yoshli urg‘ochi buzoq.
90 tadan 99 tagacha
3 ta bir yoshli buzoq.
100 tadan
2 ta bir yoshli, 1 ta ikki yoshli buzoq va hokazo.
8 May 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 169 | Zakot