Ishonchsizlik
Assalomu alaykum! Yoshim 21 da. Avvallari gunoh masiyat ichida yurganman, endi qaytdim deb o‘zimga qattiq va’da beraman lekin yana qaytib qolaveraman. Men hozir eng og‘ir vaziyatimdaman, chunki juda ham qattiq vasvasalar bo‘lyapti. Avvallari ham namozlarimda vasvasa bo‘lar edi lekin ularni enga olar edim. Hozir esa shunday vasvasalar kelyaptiki, eng og‘iri Allohga bo‘lgan ishonch. Tushuntira oldim deb o‘ylayman, buni so‘z bilan aytishga qo‘rqdim. Sabr qilishim kerak deb harakat qilyapman, namozlarni vaqtida o‘qiyapman lekin namozlarim quruq o‘tirib turishdan boshqa narsa emas. "Alloh adashtirsa hidoyat qilguvchi yo‘q" demak meni adashtirib qo‘ydimikan degan hayollar qiynayapti. Ochig‘ini aytaman hozir ishonchim qolmaganday hisob. Bazida mayli balki men do‘zaxiylar qatoridadirman degan o‘ylar kelib bore hammasi peshonadan degim keladi lekin nimadir qaytaradi, o‘sha narsa nima ekanligini topolmayman, iymonmikan desam ichimda ishonch qolmagan, ochig‘i bunaqa o‘rtada turishdan madorim qolmadi, hozir qanday gunoh qilsam ham burnimga pashsha qo‘nganchalik his qilmay qo‘ydim. Menga sizlar yordam bermasangiz boshqa najot topolmasam kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlar o‘sha yiqilib turish amali ham Allohning nazdida qanchalar buyuk ekanligini his qilmaydilar. Boshni sajdaga qo‘yishni nasib qilishining o‘zi xushu’-xuzu’ bo‘lmasa ham uni vayl degan do‘zaxdan qutilishiga sabab bo‘ladi. Vasvasalar bekordan kelmaydi, sizda ulkan hazina borligi uchun shayton shunday qiladi. Siz ko‘proq “Robbig‘fir varham va anta xoyrurrohimiin”ni o‘qing. Alloh iymon nasib qilishi, namozni nasib qilishi bu sizga jannatni beraman deganining alomatidir. Boshqa vasvasalar shaytonni alam qilganidan sizga aytgan gaplaridir. Ayni sizni yoshingizda namoz o‘qish, haromlardan tiyilish arshning soyasida soyalanishga sabab bo‘ladigan ishlardandir. Shayton bunga tek turaoladimi. Alam qilganidan, achishganidan rosa vasvasa qiladida. Siz tinmay “Laa ilaaha illalloh”ni aytavering. Muso alayhissalom Alloh taologa duo qilib “Menga xos bir Seni zikr qiladigan vazifani bergin” deb so‘raganlar. Alloh taolo ko‘p “Laa ilaaha illalloh”ni aytishga buyurgan. Shunda u zot “Buni omma ham aytadi, menga xos bir vazifani bergin” deganlarida Alloh taolo “Etti qavat osmon va etti qavat erni tarozining bir pallasiga qo‘ysa “Laa ilaaha illalloh”ni bir pallasiga qo‘ysa “Laa ilaaha illalloh” og‘ir keladi” degan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 147 | Ruhiy tarbiya