Taxorat ketadimi

Assalomu alaykum! Bugun jumada bunday bo‘ldi. Ma’ro‘za payti ketim bilan o‘tirib ikki tizzamni quchoqlab o‘tirgandim, ko‘zim ketganga o‘xshadi, ma’ro‘za quloqqa kirayotgandi, balki orada kirmay ham qolgandir, aniqini bilmay qoldim, suyanmasdan uxlasa taxorat ketmasligini eshitgandim, namoz ham boshlanib qolay degandi o‘qiyverdim. Namozdan so‘ng imomdan so‘rasam bunday o‘tirib uxlashda taxorat ketadi, u yog‘i uyqu darajasiga bog‘liq dedi. Agar rostan ham uxlab qolgan bo‘lsam kofir bo‘lib qolmadimmi, taxoratsiz namoz o‘iqsa kofir bo‘lishini bilaman, ammo 99 kofirlik alomatiga 1 ta musulmonlik alomati bo‘lsa musulmon bo‘lishini ham bilaman. Juda ham qo‘rqyapman. Vaziyatimni etarlicha yoritdim shekilli.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gap ichingizdan el chiqqan yoki chiqmaganiga bog‘liq. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar