G‘ayri dinlarning huquqiy maqomi

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Assalomu alaykum shayx Hazratlari. Kamina Toshkent Islom universiteti Fiqh yo‘nalishi tolibiman. Hozirda "Islom fiqhida aholi instituti (muassasi)" mavzuida bitiruv malakaviy ishi ustida ishlayabman. Sizga quyida mazkur mavzuini tadqiq qilish jarayonida yuzaga kelga bir necha savollar bilan murojaat etmoqchiman:1-Kunimizda musulmon mamlakatlarining birortasida fiqhning Siyar bobidagi shar’iy hukmlar ularning qonunchiligida o‘z ifodasini topganmi?2-Xums qilib musulmonlarga bo‘lib berilgan erlarda yashaydigan g‘ayridin vakillarining maqomi va huquqlari qanday bo‘lgan? Ularga zimmiylik maqomi beriladimi yoki erkaklari o‘ldirilib, ayollar va bolalar o‘lja qilib berilganmi?3-Islom diyorida tinchlik va barqarorlik mustahkamanib, tashqi va ichki tahdidlar bo‘lmagan bir sharoitda jizyaning o‘rniga harbiy xizmat majburiyati yuklasa bo‘lganmi?4-Ustoz o‘laroq mazkur mavzuni tadqiq etishim yo‘lidagi maslahat va tavsiyalaringiz, agar iloji bo‘lsa.Savolim ko‘payib, murakkablashib ketgan bo‘lsa ma’zur tutasiz.Sizga va barcha Allohning solih bandalariga Allohdan ofiyat tilab Al-Faqih
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Menimcha, ilmiy ish qilayotgan odam bu kabi savol so‘ramaydi. Balki, o‘zi izlab topadi.

5 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 156 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar