Tahoratga yaramaydigan suv

Assalomu alaykum! "Kifoya" kitobi 120-sahifasida agardaki suvni poklanish maqsadidan boshqa maqsadda isitilsa tahoratga yaramasligi aytilgan. Ichish uchun qaynatilgan suvni ham tahorat va g‘uslda ishlatib bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri yozibsiz. Suvni isitilishidan tashqari sho‘rva qilish uchun isitilib narsalarni solinsa yoki ichish uchun choy qilib damlalansa u bilan tahorat joiz bo‘lmaydi. Ammo ishqorligi ziyoda bo‘lishi uchun narsa aralashtirsa zarari yo‘q. Masalan o‘sha vaqtlarda sidr degan o‘simlikni aralashtirishgan. Sovuni ishqorligi kuchayishi uchun. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar