Sug‘ur yog‘i

Assalomu alaykum! Sug‘ur yog‘i harommi yoki halolmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoida: 1). Go‘shti eyiladigan hayvonlarni Bismillohni aytib so‘ysa go‘shtlarini eyish ham yog‘ini surtish ham joiz. 2). Go‘shti eyilmaydigan hayvonlarni, masalan ayiq, sug‘ur, toshbaqa, tiprptikan kabilarni Bismillohni aytib so‘ysa go‘shti eyilmasa ham yog‘ini badanga surtish joiz va u bilan namoz o‘qish ham joiz. 3). Tomirlarida oquvchi qoni yo‘q hashoratlar masalan tarkan, chuvalchang, pashsha shilliqurt, chumoli kabilar eyish halol bo‘lmasada dori tayyorlanib badanga surtilsa joiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 293 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar