Uzoq yurtda turib janoza o‘qish

Assalomu alaykum! Yaqinlarimdan biri buvim yoki bobom o‘tib qolishsa men etib kelolmas darajada uzoqda bo‘lsam janoza nomoziga ulgura olmasam janoza nomozi yashayotgan joyimda o‘qisam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizning mazhabda g‘oyibga janoza o‘qish yo‘q. Janoza o‘qilishining shartlaridan biri mayyit namoz o‘quvchining oldida hozir bo‘lishi. Siz duo qilib qo‘yaverasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar