Zinoga kiradimi

Assalomu alaykum! Erim nomaxram ayollar bilan telegramda gaplashadilar ammo o‘zlari nomoz, Qur’on  o‘qidila man bilan ulani dib urishadila bu ish zinoga kiradi dib ko‘p ettim. Erimmi sinifdosh erdan ajrashgan qizlari bilan gaplashishga ulani o‘zlari bilan to‘ylaga olib borishga xaqi bormi? Ularga qanday chuntirsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkak kishi nikohida bo‘lmagan, nomahram ayollar bilan zaruratsiz gaplashishi joiz emas. Shuningdek nomahram bilan guvohsiz bir joyga borishi ham mumkin emas. Agar oralarida nikohi bo‘lsa haqqi bor. Siz bu narsaning sababini o‘rganishga harakat qiling. Odatda erkak kishi ayolidan xohlagan holatini topa olmasa, boshqalardan topishga urinadi. Tabiati buzuq erkaklar bundan mustasno. Shuning uchun siz o‘zingizga ham bir nazar soling, vazifa va eringizning haqlarida kamchilikka yo‘q qo‘ymayapganmikinsiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar