Beshik qilish ota-onaga farzmi
Assalomu alaykum! Qayni singlim yaqinda Allohning marxamati bilan farzandli bo‘ldi. Umri uzoq bo‘sin. Ularning birinchi farzandi. Qaynnonam aytishicha "qiz bolaga beshik berish ota onaning bo‘ynidagi farz. U dinyoda jannatga kirish uchun o‘sha beshik ko‘prik bo‘lardi" ekan. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu Alloh farz qilgan amallar ichiga yana bitta farz amalini o‘zi tomonidan qo‘shib qo‘yish hisoblanadi. Jannat to‘g‘risidagi gapi ham Allohga yolg‘on to‘qish hisoblanadi. Qaynonalarni bu kabi gaplari tilamchilik deyiladi. Farzand qaysi erkakniki bo‘lsa boqib olish ham unga ketadigan narsalar ham erning zimmasiga vojib bo‘ladi. Alloh taolo "Yunus" surasida marhamat qiladi: قُلْ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ 69. Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiydiganlar zafar topmaslar», – deb ayt. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 183 | Aqiyda