Yuragi zaif inson ro‘zasi

Assalomu alaykum! Man 1998-yilda yurak kasaligiga chalinib 2000-yilda operatsiya bo‘ldim. Xozir Alxamdulillax yaxshiman, o‘shanda sun’iy klapn qo‘yildi. Shundan beri qon ivib qo‘yilib qolmasligi uchun xar kuni 2 maxal tabletka ichaman. Man ro‘za tutmasam gunoxkor bo‘lmaymanmi? Chunki suv ichmay yursam qon qo‘yilib klapn tiqilib qolish extimoli bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sog‘ligingizga qaraysiz. Tutolmaydigan darajadagilarga farz emas, fidya to‘laysiz. Fidya haqida saytimiz “Izlash xizmati”dan foydalansangiz javob topasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar