Allohning ismlariga xurmat

Assalomu alaykum! Bu savol emas shunchakiy ko‘pchilikka etkazib qo‘yish xolos. Man bundan 3-4 yil avval erkaklar ichki kiyimi qadoqini ko‘rdim "AL HAKIM" deb yozilgan, chiki eiyim bu nomdaligi kamdek, shu Allohning ismi yozilgan selofan qadoqlar musorga chiqadi. Bu bilmadim kimni ishi yoki din dushmani yoki o‘ta ketgan axmoq fanatikni ishi. Shu kamdek bugun ALHAKIM deb nomlanga taklifnoma chiqaradigan korxonachani ko‘rib qoldim. Chiqargan taklifnomalariga korxonacha nomini yozib qo‘yishlari tabiy. Shu va shunga o‘xshash narsa qilmoqchi bo‘lganlarga nasixat qiling iltimos va telegram kanalga chiqaring iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni bunday qilishlari noto‘g‘ri. Ularni bilgan tanigan odamlar borib chiroyli nasihat qilib nomni o‘zgartirishlarini aytishlari lozim. Ba’zi ulamolar: Agar ularni oyoqosti bo‘lishlik ehtimoli bo‘lsa yoqib kulini daryoga oqizib yuborishni tavsiya qilganlar.
Shu o‘rinda bir muhim masalani aytib o‘tmoqchimiz. Alloh ta’olo Qur’oni Karimda: وَلِلَّهِ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَىٰ فَادْعُوهُ بِهَا ۖ وَذَرُوا الَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِي أَسْمَائِهِ ۚ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ A’rof 180-oyat
 Eng go‘zal ismlar Allohnikidir. Bas, Unga ular ila duo qiling va Uning ismlarida og‘adiganlarni tek qo‘yavering. Tezda qilgan amallarining jazosini olurlar.
Hozirgi kunda Alloh ta’olo va Uning rasulining ism-sifatlarini behurmat qilishni yangi turlari paydo bo‘ldi. Kasalxonalarda va shunga o‘xshash joylarda yotuvchilar bekorchiliklaridan gazeta va jurnallarni sotib olishadi. O‘qib bo‘lishgach ularni varoqlab yirtib olib, hojatxona va shunga o‘xshash nopok joylarda iste’mol qilayotganlarini guvohi bo‘ldik. O‘sha varoqlarda ba’zi birlarining ichida oyat-hadis borligini yoki Alloh ta’oloning ism-sifatlariga nisbat berilgan Abdulloh, Abdulxoliq, Abdurrohim kabi odamlarning ismlari yozilgan yozuvlarni ko‘rdik. Xatto xuddi o‘sha joylarga najosat tegib turganini ham shohidi bo‘ldik. Ba’zilar hojatxona qog‘ozidan ko‘ra o‘sha gazeta va jurnallardan foydalanadilar. Ular bu varoqlarda oyat-hadislarni ko‘rmasada, lekin Alloh ta’oloning ism-sifatlari nisbat berilgan insonlarning ismlari yozilganiga e’tibor qilmay qoladilar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:01 | Savol-javoblar | 185 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar