Rizolik

Assalomu alaykum! Ho‘jeyinim otasi bilana yashashni istamaganligi uchun uydan chiqib ketilar, lekin qaynotam yahshi odam meni nevaralarini yahshi ko‘radilar, birga turishimizni hohlaydilar. Ho‘jayinimga keling bir og‘iz otangizni rizochiligini olaylig desam menga rizochiligi kerakmas, uydan qochib chiqib meni oldimga kel diyaptila. Mana ketganlariga 2 oy bo‘ldi men qaynotamni rizoligisiz qochib ketishni istamayabman, olib ketishlarini kutyabman. Lekin ularni kelish niyatlari yo‘q, oilam buzilib ketish arafasida. Uyim buzilib ketmasligi uchun qaynotamdam rizolik olmay chiqib ketsam gunohkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Lekin otasini norozi qilgan er bilan ham baxtli bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar