Otamni jannatiy bo‘lishini xohlayman

Assalomu alaykum! Meni otam 2 yil oldin vafot etganlar. Otam juda yaxshi tabiatli inson edilar. Ota ona aka-ukaga mehribon edilar. Ammo oila va ko‘chadagi muhit sababli bo‘lsa kerak 2 kunda bir yoki tez-tez spirtli ichimliklar ichib turar edilar. Albatta bu gunoh hisoblanadi. Eng yomoni 2yil oldin nomalum sababga ko‘ra o‘z jonlariga qasd qilib osib qo‘yganlar. Xullas men otamni juda yaxshi ko‘raman, bizni mehnatkash va yaxshi tarbiya qilganlar. Men otamni do‘zaxdan qutqrmoqchiman. 3oydan beri namoz ham o‘qiyman. Menga shunday yo‘lni ko‘rsatinglar. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : إن الرجل لترفع درجته في الجنة فيقول: أنى لي هذا؟ فيقال: باستغفار ولدك لك صحيح الجامع Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kishining jannatda darajasi ko‘tarilib qo‘yiladi. Shunda u bu men uchun qaerdan hosil bo‘ldi? – deydi. Farzanding seni haqqinga istig‘for aytgani uchundir – deyiladi”.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar