Exromdagi jinoyatlar

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Xaj ammallariga oid savollarim bor edi. 1). Xajni niyat qilib, exrom o‘rab labbayka aytgandan so‘ng 20 daqiqa o‘tib ichki kiyimini echmaganligini bilib shu zaxoti echvorilsa, jinoyat sodir etgan bo‘ladimi va kafforati qanday bo‘ladi? 2). Ehromdagi kishi sochni oldirishdan oldin bilmasdan sovun yoki shanpun ishlatsa jinoyat sodir etgan bo‘ladimi va vojibiga nima qilish kerak bo‘ladi? 3). Bir gap eshitgandim ehromdagi kishi bilmasdan yoki esidan chiqib jinoyat sodir qilsa kafforatiga xech narsa vojib bo‘lmaydi deb ramazonda bilmasdan eb qo‘ysa ro‘za ochilmaydiku degan gapni dalil keltiryabdi. Shu gaplar to‘g‘rimi? Javoblariz uchun oldindan katta rahmat. Alloh taolo ilmlaringizni bundanda ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bunchalikda jinoyat bo‘lmaydi. 2). Bir qo‘y yoki echki so‘yish vojib bo‘ladi. Hatto tahoratxonalarga qo‘yilgan suyuq sovun ham joiz emas. 3). Noto‘g‘ri. Shuning uchun har bir ish boshida turgan inson o‘sha ishini farz, vojib va sunnatlarini to‘liq bilib olishi shart. Hajga boruvchi hajning farzlarini bilishi shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 218 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar