Uqalovchi bo‘lib ishlash mumkinmi?

Assalomu alaykum! Men faqat erkaklarni uqalovchisi bo‘lib ishlayman. Ya’ni yoshi 16dan katta bo‘lgan odamlarni tanasini sog‘lomlashtiruvchi massaj qilaman. Dinimizda uqalovchi bo‘lib ishlash joizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkak erkaklarga ayol ayollarga massaj qilsa joiz. Ikkalalarida ham kindikdan tizzaning ostigacha bo‘lgan joylar qarashi mumkin bo‘lmagan joy hisoblanadi. Vallohu a’lam!

22 Aprel 2022, 21:47 | Savol-javoblar | 170 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar