Ortib qolgan narsalar kompaniya haqqimi
Assalomu alaykum! Ustozlar men "Uzbekistan airways" kompaniyasida bortkuzatuvchi bo‘lib ishlayman. Bizga had bir reys uchun alohida kerakli narsalar(ichimliklar koka kola, suv, choy, kofe, shakar, quruq sut, tualet qog‘ozi, chiqindi paketi, qog‘oz salfetka, kliniks v.h.k) beriladi va reysdan keyin ortib qolganini qayta topshirish kerak. Ammo judayam ko‘pchilik hamkasblarim ortib qolgan narsalarni hammasiniyam topshirmaydi. Uyiga olib ketishadi yoki tozalash uchun chiqqanlarga tarqatib yuborishadi. Men ularga qaytarib topshirish kerak desam bu narsalar hammasi bilet puliga olingan qaytarib topshirmasayam bo‘ladi deyishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha ortgan narsalar yo‘lovchilarning haqqi ekanligini yo‘lovchilarga bildirib qo‘yinglar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 18:21 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom