Shomdan keyin aytiladigan zikr sahihmi
Assalomu alaykum! Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir xabar o‘qib qoldim, ammo bu haqida hadislarda ilmim etgancha qidirib ko‘rib topolmadim, shuni ishonchlimi bilishni istardim. Xabarda shunday deyilgan "Kimki shom namozidan keyin Ushbu surani o‘qisa Allohdan nimani so‘rasa beradi InshaAlloh! Ushbu duoni qilgan insonning hojatlari ravo bo‘ladi «Kim hojatmand bo‘lsa, fotiha surasini shom namozining farz va sunnatidan so‘ng, o‘rnidan turmasdan oldin, qirq marotaba o‘qisin. Surani o‘qib bo‘lgach, Allohdan o‘zining hojatlarini so‘rasin.Chunki, Alloh taolo hech shubhasiz uning hojatini ravo qiladi. Yuqorida zikr qilingan ish tajriba qilinib, ushbu tavsiyani manfaatli, deya topdik. Fotiha surasi qirq marotaba o‘qilganidan so‘ng, ushbu duo o‘qiladi: «Ilohim, sening ilming so‘ralgan narsaga kifoya qiladi. Ushbu Fotiha surasi haqqi, menga so‘ralgan narsada kifoya qil. Seni karaming aytilgan so‘zga kifoya qiladi. Ushbu fotiha surasi haqqi, meni aytilgan so‘z sababli ikrom qilib, qalbimdagi narsani hosil qilishingni so‘rayman». Ushbu duo Shayx Muhyiddin ibn Arobiydan rivoyat qilingan Arabchadan Elyorbek Erkinbek tarjimasi"
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir tajriba qilib ko‘ring. Sahih darajasiga etgan emas. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 208 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir tajriba qilib ko‘ring. Sahih darajasiga etgan emas. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 208 | Turli savollar