Nomahram kishilarga munosabat
Assaljmu alaykum.Men uchun o‘ta muhim masalada murojaat etmoqchi edim, Ustoz! Men ahli ilmlarni juda yaxshi ko‘raman. Ko‘chalarda biror hijobli ayol-qizlarimiz, yoyinki soqolli, do‘ppili erkak-yigitlarni ko‘rsam go‘yoki eng yaqin kishimni ko‘rganday xursand bo‘lib ketaman. Kun bo‘yi kayfiyatlarim ko‘tariladi. Vaholanki u inson menga nomahram bo‘ladi. Bir birodar kishi, men uni taniyman, ancha mushkullik boshiga tushganini eshitdim, o‘ylasam faqat yig‘layman. Qalbim shunchalar og‘riydi nima qilib yordam bersam... Men huddi eng yaqinimni qiyinchiliklar aro tashlab ketganday bo‘laveraman. Qo‘limdan kelgani duo... Yana boshqa holat: xo‘jayinim bilan aeroportda tanish ustozni ko‘rib qoldik. O‘n yillar chamasi umuman daraksiz edilar. Nogohon ko‘zim u kishiga tushib tanib qoldim, xo‘jayinim esa tanimadilar. Men shunchalar o‘zimni yo‘qotib qo‘ydimki, hatto xo‘jayinimlardan oldinroq Ustozni oldilariga yugirib ketay dedim. Birdan shar’an mumkin emas, sabr dedimda to‘xtab qoldim. Ustozni oldilariga birinchi bo‘lib xo‘jayinim bordilar. Lekin sabrsizlik qilib xo‘jaynim chaqirmasalarda Ustozni oldilariga borib sog‘inganimdan yig‘lab yubordim. Men haqiqatdan Ustozni sog‘ingan edim... Ustozni duolarini oldik.Mendagi holatlarimni tushinadigan jufti halolni nasib etgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin! Xo‘jayinim mening eng yaqin iymondosh do‘stim...Meni qiynaydigan masala u qadrdon deb bilganlarim nomahram erkaklarni haqida o‘ylashim shar’an joizmi? Men ularni faqat xayr bilan o‘ylayman xolos, aslo boshqa narsa emas! Yoki umuman mahramlarimdan boshqalarni o‘ylashim, qayg‘urishim mumkin emasmi?Aziz Ustoz! Sizni va oilangizni Alloh doimo o‘z panohida asrasin! Omiyn! Kamoli ehtirom bilan...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joiz. Hech shubha qilmang.
27 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 145 | Ayollarga oid masalalar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joiz. Hech shubha qilmang.
27 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 145 | Ayollarga oid masalalar