Ko‘chadagi tilanchilar

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ko‘cha ko‘yda yurganimizda oldimizdan bir odam chiqib og‘ir vaziyatdaman yordam bering deb pul so‘rashadi(ayni kunlarda juda ko‘p shunaqa insonlar bazilari pul ishlash maqsadida yolg‘ondan shunday deyishadi). Men esa bundan vaziyatga ko‘p tushganman pul ham berganman va mayli agar rostan ham vaziyati og‘ir bo‘lsa Alloh yo‘llarini ochsin, yolg‘ondan bo‘lsa insof bersin deb qo‘yaman. Shunday insonlarga bergan pullarimiz zakot hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot bo‘lmaydi. Agar bir kunlik eydigan ovqati bor odam tilanchilik qilganida sadaqa deb bersangiz gunohkor bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 162 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar