Jahondagi voqealarga munosabat
Assalomu alaykum! Yaqin o‘tmishdagi dunyoda bo‘lib turgan voqealarni kuzatib borayabman. Isroilliklar juda haddidan oshib musulmonlarga tajovuzkorona munosabatda bo‘lmoqdalar. AQShning elchixonasini Quddusi sharifga ko‘chirish, norozilik namoyishchilarini ayovsiz o‘ldirish holatlari va boshqalar. Kunda bo‘lmasa ham kun ora mudxish xabarlarni o‘qib borayabmiz azon. uz kanalidan. Yaqinda bir hamshira ham shahid bo‘libdi. Men musulmon sifatida bu barcha zulmlarga qarshiman va bu voqealarning boshida bu zolimlarga la’nat yog‘dirmoqchi ham bo‘ldim ammo yaqinda Abu Homid G‘azzoliyning “Til ofatlari” kitobini mutolaa qilayabman. Unda «Hatto iblisga la’nat aytmasang ham xatar yo‘q, boshqasi narida tursin» deyilgan. Musulmon la’natlovchi va so‘kuvchi bo‘lmaydi to‘g‘rimi? Men nima qilishimni maslahat berasiz? Bu voqealarga nisbatan Isroilliklarga qarshi 2 rakat namoz o‘qib, duosida ularni Allohga havola qilsam bo‘ladimi? Ular ayni Ramazoni sharifda ko‘rayotgan aziyatlarini ko‘rib juda mahzun bo‘lmoqdaman. To‘g‘risi bularni oddiy so‘zlar bilan ta’riflab berolmayman. Men ham musulmon sifatida bir narsa qilishim kerakku. Ko‘p gaplarim bor ammo gapim cho‘zilib ketmasin dedim. Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! To‘g‘ri, hidoyat so‘rab duo qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 136 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! To‘g‘ri, hidoyat so‘rab duo qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 136 | Islam