Savdodan keyingi foiz

Assalomu alaykum! Men tashkilotda menedjer bo‘lib ishlayman. Do‘konlardan maxsulotlar olaman va shu do‘konlar bilan shartnomalar tuzaman, do‘kon egalari bilan maxsulot narxini maksimal darajada savdolashib tushiramiza va xarid qilamiza. Do‘kon egalari tuzilgan shartnomaning umumiy xisobidan 1% yoki 2% pul mablag‘larini meni o‘zimga berishadi. Shu pullarni olishim to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hech qanaqasiga to‘g‘ri emas. Ularning barchasi tashkilotning haqqi hisoblanadi. Siz tashkilotning foydasiga ish yurituvchi insonsiz. Shuning uchun haq olasiz. Mabodo pul berganlarning mahsulotidan ko‘ra bermaydiganlarning mahsuloti yaxshi bo‘lsa, pul bergani uchungina siz ulardan olsangiz tashkilotga xoinlik qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar