Mansabidan foydalanib xodimiga zulm o‘tkazish
Assalomu alaykum! Men davlat tashkilotida ishlayman. Rahbarimizga yangi o‘rinbosar tayinlandi. U inson oldin huquqiy idoralarda ishlagan ekan. Yoshi 60 dan oshgan. Nafaqadagi odam. Men 32 yoshdaman. Bir nafar farzandim bor. Uyda yolg‘iz men ishlayman. Ota-onam ham men bilan turadi. Otam ham nafaqada. Onam uy bekasi. Ayolim dekret ta’tilida. Yangi rais o‘rinbasari menga arizangni yoz boshliqqa aytaman qo‘l qo‘yib beradi deb aytayapdi. Men bilan qasdlashib qolgan. Nimaga qasdlashib qolganiga hayronman. Bir hamkasbimizni aytishicha bir mutaxasisimiz to‘y qilgan edi. O‘sha to‘y bo‘lgan hovli 120 km uzoqda joylashgan. Boshliq o‘rinbosari menga o‘sha to‘yga meni olib borib kel deb aytgan edi. Men rozi bo‘lmagan edim. Sababi o‘sha vaqti mening ishlarim bor edi. O‘ylab qarasam o‘sha to‘ydan beri men bilan qasdlashib qolgan. Arzimagan bohonalar bilan menga arizangni yoz degan gapni ko‘p qilayapdi. Rahbarimiz menga xech qachon arizangni yoz demagan. Doim sening ishingdan roziman deb aytadi. Savolim shu ish to‘g‘rimi? Hadislarimizda , diniy kitoblarimizda mansabidan foydalanib tazyiq o‘tkazish borasida nimalar diyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu zulm. Siz ham bo‘sh kelmang. Alloh bir joydan rizqingizni haloldan berib turgan bo‘lsa mahkam bo‘ling. Halolmi yoki harommi u yog‘i o‘zingizga bog‘liq. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 178 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu zulm. Siz ham bo‘sh kelmang. Alloh bir joydan rizqingizni haloldan berib turgan bo‘lsa mahkam bo‘ling. Halolmi yoki harommi u yog‘i o‘zingizga bog‘liq. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 178 | Islam