Sajda qilish kerak bo‘lgan suralar
Assalomu alaykum! Biz qizim b.n 2yoshligidan beri yani 2 yarim yildan beri sekinlik bilan Qur’ondagi suralarni yod olyapmiz. Xozirgacha qizim Fotixa surasini xamda oxirgi 24 ta mayda suralarni yod olib buldi Alhamdulillah. Bir malumot eshitdim suralarning kupida sajda qilinadigan suralar bor sizlar yodlayotganingizni ichida xam bulsa sajda qilish k.k deyishdiyu aniq malumot aytishmadi bilishmas ekan. Keyin sajda oyati bor suralarni yodlatsangiz farzandiz u.n xam alohida chaqalog‘iz u.n xam alohida sajda qip quyasiz menimcha deyishdi. Shu to‘g‘rimi? 2. Sajda oyatli suralarni uqigan yoki eshitgan zahotim usha joyni o‘zida sajda qilmasam xar bir qadamim u.n shuncha sajda qilishimni aytishdi. Agar eshitgan vaqtimda taxoratim bulmasa taxorat olish u.n bosgan xar qadamimni sanab shuncha sajda qilamanmi. 3. Men sajda qilish xaqida endi eshitdim avvalgi qizimga yodlatgan shunday suralarim u.n nechchi marta sajda qilishim afzal. 4. Uzrli xolatdaligimda sajda oyati bor suralarni eshitib qolsam ( yani qizim Iqro surasini yaxshi ko‘rib ko‘p aytadi) shu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Javobingiz u.n raxmat. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Noto‘g‘ri aytishibdi. O‘zingiz o‘qiganingiz va qizingiz o‘qiganda eshitganingiz uchun sajda qilasiz. 2). Noto‘g‘ri aytishibdi. Vaqt topib qoldirmasangiz bo‘ldi. 3). Tahminan ko‘nglingiz taskin topadigan darajada qilib qo‘ying. 4). U holatingizda eshitsangiz ham sajda vojib bo‘lmaydi. https://fiqh.uz/maqola/587 Vallohu a’lam!
8 May 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 207 | Ibodatlar