Namozga oid masalalar
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar savolim shundan iboratki 1 savol: Men chet davlatida ishlayman shu sababdan namoz o‘qish uchun har joydagi masjidlarda o‘qiyman. Men peshin namozini o‘qish uchun masjidga kirdim keyin jamoat bilan peshin namozini o‘qidik, yomg‘ir yog‘ayotgani sababli imom Asr namoziniyam peshindan keyin peshin vaqtida qomat aytib o‘qidik, lekin men peshin namozidan keyin jamoat asr namozini o‘qiyotgan paytda ichimda nafl namozini imomga iqtido qilib o‘qishni niyat qildim. Undan keyin 2 rakat sunnat namozini o‘qidim, keyin asr namozi bo‘lgandan keyin asr namozini boshqa masjidga borib o‘z vaqtida o‘qidim. Meni shu qilgan ishim to‘g‘rimi? Bu erdagi odamlar aytishadiki agar yomg‘ir yoki qor yog‘sa peshin bilan asr yoki shom bilan xufton namozini bir xil vaqtda bir qilib o‘qish sunnat deyishadi shu gap to‘g‘rimi?
2 savol: Masalan jamoat peshin namozini 4 rakat farz namozini o‘qishni boshlaganda men kelib 1 rakatning Fotiha surasidan keyin biror zam sura o‘qiyotgan vaqtda kelib qo‘shilsam shu jamoatga etgan bo‘lamanmi? Ya’ni o‘qib bo‘lgandan keyin turib boshqatdan o‘qishim shartmasmi?
3 savol: Masalan asr namozi soat 5:00 da jamoat o‘qib bo‘lgan bo‘lsa men o‘rtog‘im bilan masjidga kech qolib kelsak, masalan soat 6:40 da o‘zimiz jamoat qilib namoz o‘qisak qomat aytishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Siz to‘g‘ri ish qilibsiz. 2). Imom 1-rak’atning ruku’sidan turgunicha iqtido qilishga ulgursangiz o‘sha rak’atni topgan bo‘lasiz. 3). Jamoat bilan o‘qilgan namozga takbir aytiladi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar